Menu Close

Web dasturlash haqida: front-end va back-end

front-end back-end

Web dasturlash haqida qisqacha

Oldingi maqolada sayt yaratish yo’llari haqida ma’lumotlar berilgan edi. Bugun shu yo’llardan biri haqida batafsilroq gaplashamiz, ya’ni o’z saytingizni o’zingiz yaratish haqida. Men bu uchun sizga web dasturlashdan ma’lum bir bilimlar kerak bo’ladi deb aytgan edim. Xo’sh, web dasturlash o’zi nima?

Web dasturlash – dasturlashning bir yo’nalishi bo’lib, asosan saytlar va web-application’lar ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan. Lekin bu uning imkoniyatlarining yakuni emas. Web dasturlash tillari yordamida odatiy dasturlar, web o’yinlar va h.k yaratish mumkin. Biz hozirda asosan sayt yaratish variantiga e’tiborimizni qaratamiz. Odatda saytlar ikki asosiy qismdan iborat – sayt tashqi ko’rinishi va uning ichki funksionalligi.

FRONT-END

Tashqi ko’rinish bu sayt dizayni, qulayligi, animatsiya va boshqa saytga kirgandayoq ko’zga ko’rinadigan jihatlar. Bu qism front-end deb nomlanadi. Sayt tashqi ko’rinishini dasturlovchilar front-end dasturchilar hisoblanadi. Agarda siz front-end dasturchi bo’lmoqchi bo’lsangiz, eng birinchi navbatda quyidagilarni bilishingiz talab etiladi.

  1. HTML5/CSS3/JavaScript asoslari
  2. Maketlar bilan ishlay olish
  3. Git
  4. Ingliz va/yoki rus tili
  5. Back-end haqida biroz bo’lsada tushunchaga ega bo’lish.

BACK-END

Saytning ichki funksionali – bu saytdagi qidiruv tizimi, kommentariyalar, ro’yhatdan o’tish va kirish, tovar buyurtma qilish va h.k. Aynan shu funksionalni yaratuvchi dasturchilar back-end dasturchilar hisoblanishadi. Agarda siz back-end dasturchi bo’lmoqchi bo’lsangiz, eng birinchi navbatda quyidagilarni bilishingiz talab etiladi.

  1. Biror bir dasturlash tili (PHP, Java, Python)
  2. Ma’lumotlar ombori bilan ishlash ( SQL, MySQL )
  3. Git
  4. Ingliz va/yoki rus tili
  5. Front-end haqida biroz bo’lsada tushunchaga ega bo’lish.

Boshlanishiga chet tillarini mukammal tarzda bilish shart emas. Texnik dokumentlarni o’qiy olsangiz ham yetarli bo’lishi mumkin. Bu yerda ko’p narsa siz ishga kiradigan firmaga bo’gliq. Lekin til bilish zarar qilmaydi.


Agar ushbu maqolam sizlarga biroz bo’lsada yordam bergan bo’lsa men bundan xursandman. Tez orada saytda web dasturlash darslari boshlanadi. Ungacha saytning facebook va telegramda sahifalariga obuna bo’lishni unutmang!

Posted in Web dasturlash

Related Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Optimized with PageSpeed Ninja