Menu Close

HTML5, CSS3 va JavaScript

Endilikda sizlar bilan front-end haqida suxbatlashamiz va kelgusi maqolalar orqali uni o’rganamiz. Oldingi maqoladan ma’lumki front-end asosi bu – HTML, CSS va JavaScript. Bugun aynan shu tillar, ularning front-end dasturlashdagi o’rni va vazifalari haqida ma’lumot berib o’tmoqchiman.

HTML5

HTML – saytning tuzilishi uchun javob beruvchi asosiy til. HTML dasturlash tili emas, u shunchaki razmetkalash ( belgilash ) tili hisoblanadi. Agar HTML vazifasini oddiy qilib aytadigan bo’lsam, u saytda qanday bloklar bo’lishini belgilab beradi. Bu logotip, menyu, rasmlar, ro’yhatlar, formalar va boshqalar…

HTML asoschisi Tim Berners Li, uni 1986-1991 yillar oralig’ida Shvetsariyaning Jeneva shahridagi CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazi) da yaratgan. HTML 1 rasmiy tarzda e’lon qilinmagan. Uning keyingi versiyalari haqida wikipedia‘dan olingan ma’lumotlar quyida keltirilgan:

  • HTML 2.0 — IETF tomonidan Proposed Standart maqomida RFC 1866 sifatida e’lon qilingan (24 noyabr, 1995-yil);
  • HTML 3.0 — IETF Internet draft (28.04.1995 — 28.09.1995);
  • HTML 3.2 — 14-yanvar, 1997-yil;
  • HTML 4.0 — 18-dekabr, 1997-yil;
  • HTML 4.01 — 24 dekabr, 1999-yil;
  • ISO/IEC 15445:2000 (HTML 4.01 strict standartiga asoslangan ISO HTML) — 2000 yil 15 may;
  • HTML 5 — 28 oktyabr, 2014-yil;
  • HTML 5.1 — 2012 yil 17 dekabrda ishlab chiqila boshlangan. 2016-yil 1-noyabrdan foydalanish uchun tavsiya etilgan.
  • HTML 5.2 — 2017-yil 14-dekabrda taqdim etilgan.

CSS3

CSS – saytning tashqi ko’rinishi uchun javob beruvchi asosiy til. CSS ham dasturlash tili emas, u shunchaki razmetkalash ( belgilash ) tili hisoblanadi. Agar CSS vazifasini oddiy qilib aytadigan bo’lsam, u saytdagi bloklar qayerda va qanday joylashishini, bloklar qanday ko’rinishda bo’lishini belgilab beradi.

Umuman olganda ushbu tilni yaratish va uni aynan shunday nomlar taklifi 1994-yilda Hokon Vium Li tomonidan berilgan. Shu taklifga asosan 1996-yil 17-dekabrda CSS 1 dunyoga keldi. Keyin esa 1998-yil 12-may’da CSS 2, 2011-yil 11-iyunda esa CSS 2.1 e’lon qilindi. Hozirda tavsiya qilinadigan, aktual va anchagina imkoniyatlarga boy CSS3 ustida hali ham ish olib borilyapti. Yakuniy versiya hali e’lon qilinmadi. Bundan tashqari CSS 4 ustida ham ish olib borilmoqda.

JavaScript

Ushbu qismni bir gap bilan boshlash juda ommabop ) JavaScript va Java bitta dasturlash tili emas! Java – boshqa, JavaScript boshqa dasturlash tili. Shunchaki ular bir yilda ommaga taqdim etilgan va JavaScript yaratuvchilari marketing yurish sifatida ommabop dasturlash tili nomidan “foydalanishgan”.

Yuqorida aytganimdek JavaScript ( bundan keyin JS ) dasturlash tili hisoblanadi. Uning tarixi bilan keyinroq balki batafsil tanisharmiz, lekin hozir emas. Hozirda sizlarga JS ning front-end’dagi vazifalari haqida qisqacha ma’lumot beraman. Ushbu dasturlash tilining oddiy primitiv vazifalari – slayderlar, modal oynalar, turli hil animatsion hisoblagichlar yaratish, formalarga kiritilgan ma’lumotlarni tekshirish va boshqalar. Lekin ushbu til bilan ancha jiddiy ishlarni ham qilish mumkin. Lekin hozircha bular bilan boshingizni qotirmayman.


FRONT-END asosi bo’lgan uchta til bilan qisqacha bo’lsada tanishib, ularning vazifalari haqida tasavvurga ega bo’ldingiz deb o’ylayman. Endilikdagi maqolalarda esa ushbu tillarni o’rganishni boshlaymiz va shunda sizda amaliyot orqali barchasini yanada osonroq, tezroq o’rganasiz. Keyingi maqola haqida saytga kirmay turib – telegram kanalimiz yoki facebook sahimizda ma’lumot olishingiz mumkin. Agarda sizda savollar yoki takliflar paydo bo’lgan bo’lsa fikringizni quyidagi forma orqali qoldirishingiz mumkin.

Posted in FRONT-END, Web dasturlash

Related Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Optimized with PageSpeed Ninja