Menu Close

Sayt yaratish haqida

Internetda sayt yaratish

Siz internetda o’z saytingiz bo’lishini istaysizmi? Hozirgi vaqtda sayt yaratish yo’llari ko’p. Bugun ular bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Demak, internetda sayt egasi bo’lish yo’llari:

  1. Tayyor saytni sotib olish
  2. Web studiyalardan sayt buyurtma qilish
  3. Turli tuman servislar va konstruktorlardan foydalangan holda sayt yuritish.
  4. Saytni o’zingiz yaratishingiz ham mumkin.

Birinchi yo’l:

Eng oson va eng oddiy yo’l. Lekin u eng qimmati bo’lishi va hattoki bu yo’lda firibgarlarga aldanib qolish ham mumkin. Sababi esa oddiy – hech kim yaxshi saytni arzonga sotmaydi, chunki unga mehnati singgan. Shu sababli juda extiyotkor bo’lishni maslahat beraman.

Ikkinchi yo’l:

Agar sizning o’z biznesingiz bo’lsa va uni yanada rivojlantirmoqchi bo’lsangiz bu yaxshi yo’llardan biri. Sizdan hech qanday qandaydir qo’shimcha bilim yoki malaka talab qilinmaydi. Hozirda ko’p web studiyalar saytning ish faoliyati va uni rivojlantirishni ham o’z xizmatlari orasiga qo’shishmoqda. Bu esa sizni yana ancha bosh og’riqlardan saqlab qoladi.

Uchinchi yo’l:

Shunday saytlar borki, ular sizga o’z saytingizni ularning sayti ichida yaratishni taklif etishadi. Bunday servislar asosan bepul bo’ladi. Lekin ushbu servislarda har birining o’z cheklovlari bo’ladi. Masalan ziyonet tarmog’ida ham shunday servis mavjud. Uning cheklovlari quyidagicha:

  1. Saytingiz nomi kamida 6 ta belgidan iborat bo’lishi lozim.
  2. Saytingiz saytnomi.zn.uz domenida ishlaydi. Boshqa domen ulash deyarli imkonsiz )
  3. Saytingiz uchun 500Mb joy ajratiladi.
  4. Saytingiz faqat WordPress tizimida, ziyonet tomonidan tanlangan 40 dan dizaynda bo’ladi. Lekin ulardan yaxshisi uzog’i 5 ta (

Lekin bu servisning bitta katta ustunligi bor. Ushbu servisda ochilgan saytlar tas-ix tizimida bo’ladi. Bu mavzuga keyinroq batafsil to’xtalaman.

To’rtinchi yo’l:

Eng oxirgi va eng erkin variantga yetib keldik. Saytni o’zingiz yaratishingiz ham mumkin. Buning uchun web dasturlashdan ma’lum bilimlar talab qilinadi. Lekin ushbu yo’l sizga ijodkorlik uchun butunlay erkinlik berishi va ko’p xarajat qilinmasligi bilan yaxshi. Siz saytingizni istalgan ko’rinishingizda, istalgan funksiyalar bilan yaratishingiz mumkin. Albatta istalgan domenda, faqat u band bo’lmasa bo’lgani.


Agar ushbu maqolam sizlarga biroz bo’lsada yordam bergan bo’lsa men bundan xursandman. O’zingizga ma’qul yo’lni tanlang. Uchinchi yo’l haqida hali yana maqola bo’ladi. Agarda siz to’rtinchi yo’lni tanlagan bo’lsangiz, unda men o’z blogim orqali sizga yordam berishga harakat qilaman. Tez orada saytda web dasturlash darslari boshlanadi. Ungacha saytning facebook va telegramda sahifalariga obuna bo’lishni unutmang!

Posted in Shunchaki

Related Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Optimized with PageSpeed Ninja