Menu Close

Telegram profil ochish va telegram profilni butunlay o’chirish haqida

Telegram logo

Telegram, tezkor xabar almashish vositasi boʻlib, matn xabarlashuvdan tashqari foydalanuvchilar bir-birlariga 1.5 GB’gacha boʻlgan tasvir, video, audio va har xil fayllar yuborishlari mumkin. Dastur barcha operatsion tizimlar uchun mavjud. Telegram foydalanuvchilari oʻz mobil telefon raqamlari orqali roʻyxatdan oʻtadilar. “Telegram” loyihasi Pavel Durov tomonidan oʻylab topilgan. Bugun saytimizda telegram haqida maxsus maqola: telegram profil ( akkaunt ) ochish va telegram profilni butunlay o’chirib tashlash haqida. Demak, boshladik.

Telegram ochish

Telegram ochish uchun, uning dasturidan foydalanish osonroq – lekin shunday bo’lsada uning web versiyasi ham borligini aytib o’tish kerak. Telegram ochish uchun birinchi qilinadigan ish telegram dasturini yuklab olib o’rnatish, yoki https://web.telegram.org orqali web versiyaga kirish. Men kompyuterda Telegram Desktop dasturidan foydalanaman, mobil versiyalar ham undan farq qilmaydi. Birinchi navbatda dasturni o’rnatib, so’ng dasturga kiramiz.

telegram

Shunchaki “Начать обшение” tugmasini bosamiz.

Telegramga kirish uchun telefon raqam kiritish

Telegram bizdan telefon raqamimizni kiritishni so’raydi. Telefon raqamingizni to’liq va to’g’ri kiritganingizni tekshirib olgach “ПРОДОЛЖИТЬ” tugmasini bosamiz.

SMS orqali kelgan kodni kiritish

Ungacha sizning telefoningizga kod kelib bo’lgan bo’ladi. SMS orqali kelgan kodni dasturga kiritamiz va u avtomatik ravishda keyingi bosqichga o’tib ketadi.

Bu bosqichda siz o’z ism familyangizni va avatar uchun biror bir rasm qo’yishingiz mumkin. Rasm majburiy emas! Ism va familiya kiritib bo’lgach “ЗАРЕГИСТРИРОВАТЬСЯ” tugmasini bosgan holda siz telegram foydalanish shartlariga rozi bo’lasiz va ro’yhatdan o’tasiz. Istasangiz ushbu shartlarni o’qib chiqishingiz mumkin.

Tabriklayman siz telegram profil ochdingiz )


Telegram profilni butunlay o’chirib tashlash

Eslatma: Profilni o’chirgach, siz uni qayta tiklay olmaysiz. Siz yuritgan kanal va guruhlar, creatorsiz qolsa ham ishlayveradi. Buni unutmang va profilni o’chirishdan oldin yaxshilab o’ylab ko’ring!!!

Deyli, telegram joningizga tegdi, yoki u siz tomoningizdan ochilmagan va hokazo. Umumiy qilib aytganda telegramni o’chirmoqchisiz. Bu juda oson. Brauzer orqali https://telegram.org/deactivate saytiga kirasiz va u yerda siz telegram ochilgan telefon raqamingizni kiritishingiz kerak bo’ladi. Telefon raqamingizni to’liq kiritishni unutmang!

Telefon raqamingizni kiritib bo’lgach esa “Next” tugmasini bosasiz. Sizning telegramingizga Telegram’dan kod keladi. Quyidagi rasmda u belgilangan:

Ushbu kodni olib saytga yozamiz.

Kodni to’g’ri yozganingizga ishonch hosil qilgach, “Sign In” tugmasini bosing.

Telegram nega profilingizni o’chirmoqchi ekanligingizni so’raydi, javob yozish shart emas- “Delete My Account” tugmasini bosamiz.

Bizga oxirgi ogohlantirish beriladi va ma’lum vaqt qayta ro’yhatdan o’ta olmasligimizni tushuntiradi. Agar o’chirmoqchi bo’lsangiz, shunchaki qizil tugmani bosing! Tamom sizning telegram profilingiz o’chirildi. Sayt sizga bu haqida ma’lumot ham beradi.


Barchasi oddiy shunday emasmi 🙂

Posted in Dasturlar

Related Posts

2 Comments

    • wedeuz

      Google Allo messengeri haqida gapiryapsizmi? Menimcha u proyekt hozirda yopilgan yoki yopilish arafasida (

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Optimized with PageSpeed Ninja