Menu Close

Kompyuterni viruslardan tozalash – Dr.Web CureIt

Bugun juda ham foydali dastur haqida gaplashamiz. Ushbu dasturdan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bepul va kompyuterga virus tushganda yaxshigina qo’l keladi. Gap Dr.Web CureIt haqida ketmoqda. Demak, kompyuteringizga virus tushganini bilib qoldingiz – fayllar yorliqqa aylanib qolmoqda, .exe fayllar ishga tushmay qoldi va boshqalar orqali. Viruslarni qidirish va yo’q qilish uchun bu link orqali Dr.Web CureIt dasturini yuklash sahifasiga kiramiz. Dasturni har doim shu yerdan yuklashni maslahat beraman. Chunki bu yerda doimo eng oxirgi versiya va bu saytga bemalol ishonish mumkin. Demak link orqali saytga o’tganimizda bizga quyidagi sahifa ochiladi.

Shunchaki “Cкачать Dr.Web CureIt!” tugmasiga bosamiz va dasturni yuklash avtomatik tarzda boshlanadi. Dastur hajmi ~200Mb gacha bo’ladi va eng muhimi uning nomi turli xil sonlar va harflardan iborat bo’ladi. Bu normal holat – shunchaki dasturni qayerga yuklayotganingiz va fayl nomini eslab qoling! Dasturni yuklab bo’lgach uni ishga tushiring, dastur portativ – ya’ni o’rnatilmaydi.

Rasmdagi kabi oyna ochiladi va qidiruv statistikasi kompaniyaga yuborilishiga roziligingizni bildirlagan holda kvadratni belgilaysiz, yo’qsa busiz dasturdan bepul foydalanib bo’lmaydi – pullik versiyani sotib olish kerak! “Продолжить” tugmasini bosamiz.

Keyingi oyna. Kursor turgan yozuvni bosgan holda virusga tekshiriladigan disk, papka yoki fayllarni belgilaysiz. Birinchi safarga barcha disklarni tekshirishni tavsiya qilaman.

Disk, papka yoki fayllarni tanlash uchun kursor turgan yozuvga bosamiz va bizga quyidagi kabi kichik oyna ochiladi.

Bu yerda disklar va diskavodlar. Kvadratni belgilangan holda butun boshli diskni tanlash mumkin. Plus belgisi orqali esa disk ichiga nazar solgan papkalar yoki fayllarni tanlash mumkin.

Mening kompyuterimda hech qanday virus yo’qligi sababli, antiviruslarni test qiluvchi fayl yaratishga to’g’ri keldi 🙂 Shu sababli ham men faqat eicar test faylini tanladim. Endi “OK” tugmasini bosamiz va boyagi oynaga qaytamiz.

Endi bu oynada men tanlagan fayl belgilanib turibdi. “Запустить проверку” tugmasini bosamiz va tekshiruv ishga tushadi. Tekshiruv vaqti – tekshiriladigan fayllar soni va kompyuter xarakteristikasiga bog’liq.

Tekshiriladigan fayl – bitta kichik fayl bo’lgani uchun bu hech qancha vaqt olmadi. Viruslarni yo’q qilish uchun “Обезвредить” tugmasini bosamiz va dastur o’z ishini boshlaydi.

Natijada biz virusdan qutuldik ) Odatda tekshiruvdan so’ng kompyuterni o’chirib yoqish kerak bo’ladi.


Bu maqola sizga foydali bo’ldi deb umid qilaman. Dasturni ishlatib ko’rib, taassurotlaringiz haqida fikrlar qoldiring va ushbu maqolani do’stlaringizga ulashing. Doimgidek saytdagi maqolalar haqida telegram kanal va facebook sahifamizda xabardor bo’lishingiz mumkin.

Posted in Dasturlar

Related Posts

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Optimized with PageSpeed Ninja