Menu Close

Blog haqida qisqacha| 01.08.2019

Sayt 2019-yil 1-avgust kuni ishga tushdi. Sayt manzili – https://wede.uz

Assalomu, alaykum! Mening shaxsiy blogimga xush kelibsiz. Blog ochishdan maqsad web dasturlash bo’yicha, o’zbek tilidagi foydali kontentni ko’paytirish. Blogda asosiy e’tibor web dasturlashni o’rganishga qaratilgan bo’lsa ham, axborot texnologiyalai arofidagi boshqa mavzularga ham teginib o’tamiz. Windows va android operatsion tizimlari bilan ishlash, internetda sayt yaratish, internet orqali pul ishlash va h.k.

Web dasturlash bo’yicha darslarga to’xtaladigan bo’lsak: hozircha HTML5, CSS3 va JavaScript asoslari bo’yicha darslar rejalashtirilgan va ular mutlaqo BEPUL. Lekin ushbu darslarda sizga aynan shu tillar va ularga aloqador narsalarni o’rgataman. Kompyuterga dastur o’rnatish, papka yaratish, fayl saqlash va shu kabi oddiy jarayonlar yoritib o’tilmaydi ( agar bunga zarurat bo’lmasa albatta ). Shu sababli ham darslar sizga tushunarli bo’lishi uchun siz kompyuter ( yoki telefoningiz ) bilan ishlashni bilishingiz kerak bo’ladi.

Agar ko’pchilik uchun kerak bo’lsa kompyuter bilan ishlashni o’rgatish uchun alohida bo’lim ochilishi mumkin. Taklif bildirish uchun men bilan aloqaga chiqing!


Blogning facebook sahifasi va telegram kanali yuqori menyuda joylashgan. Bu sizga saytga kirmasdan yangiliklardan xabardor bo’lish va qo’shimcha – foydali va qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’lish imkonini beradi. Men bilan aloqaga chiqish uchun saytning eng pastki qismida o’zingizga kerakli belgini bosing )

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Optimized with PageSpeed Ninja